Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Davlat kotibi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasining “ekstremistik tashkilot” sifatida tan olinishini “yashirin zulm” deb atadi

AQSh Davlat kotibi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasining “ekstremistik tashkilot” sifatida tan olinishini “yashirin zulm” deb atadi

"Germaniya yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak. Haqiqiy ekstremistik kuch — yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda ikkinchi o‘rinni egallagan AfD emas, balki u qarshi chiqayotgan ochiq chegaralar siyosatiga asoslangan halokatli immigrasion siyosatdir", — deb yozdi AQSh Davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

2 may kuni Germaniya Federal konstitusiyani himoya qilish boshqarmasi (BfV) “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasini, “ekstremistik tashkilot” sifatida tan olgan edi.

Avvalroq hukumat AfD'ning faqat Tyuringiya, Saksoniya va Saksoniya-Anxalt federal yerlaridagi mintaqaviy bo‘linmalarini hamda partiyaning yoshlar tashkilotini “ekstremistik” deya tasniflagan edi.

Kiritildi: 23:09 02.05.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!