AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Tehronda Xamas Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishidan so‘ng o‘ch olmaslikni so‘rab Eronga xabar yetkazdi, deb xabar berdi CNN manbaga tayanib.
Telekanal suhbatdoshiga ko‘ra, Blinken Qatar hukumati rahbari va tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan suhbat chog‘ida undan bu xabarni Eron tomoniga va Livandagi «Hizbulloh» shia harakatiga yetkazishni so‘ragan.
Manba ta’kidlaganidek, Qatar shayxi AQSh Davlat kotibining iltimosini bajarishga rozi bo‘ldi.