Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti Rossiya, Isroil va Salvadorga doir inson huquqlari buzilishi haqidagi hisobotlarni qisqartirdi — The Washington Post

AQSh Davlat departamenti Rossiya, Isroil va Salvadorga doir inson huquqlari buzilishi haqidagi hisobotlarni qisqartirdi — The Washington Post

"Amerikalik diplomatlar bunday hisobotlarni deyarli 50 yildan beri tayyorlab kelmoqda. Ularning xulosalari eng to‘liq hisoblanadi va dunyo bo‘ylab sudlar tomonidan muntazam foydalaniladi", deya qayd etadi gazeta.

WP internetga sizib chiqqan 2024 yilga oid Rossiya, Isroil va Salvadorga oid inson huquqlari buzilishi haqidagi hisobotlar bilan tanishib chiqqan. Gazetaning yozishicha, hujjatlar sezilarli darajada qisqartirilgan va bu davlatlar hukumatlariga nisbatan tanqid yumshatilgan.

"AQSh prezidenti ma’muriyati mahbuslarga nisbatan zo‘ravonlik, korrupsiya va boshqa ehtimoliy huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni yo butunlay chiqarib tashlashni, yo bo‘lmasa ularning ahamiyatini kamaytirishni rejalashtirmoqda", deb yozmoqda The Washington Post.

Nashrning Oq uydagi manbasining so‘zlariga ko‘ra, hisobotlar "o‘qishga qulay bo‘lishi uchun" qisqartirilgan.

Kiritildi: 15:36 07.08.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!