Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti Green card bo‘yicha vizalar berishni to‘xtatdi

AQSh Davlat departamenti Green card bo‘yicha vizalar berishni to‘xtatdi

Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

"Hozirdan e’tiboran, AQSh Davlat departamenti turli millatga mansub immigrantlar vizasi (Green card) dasturi bo‘yicha barcha vizalar berilishini to‘xtatib qo‘ydi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, dastur murojaatchilari vizaga ariza topshirishi va suhbatdan o‘tishi mumkin, AQSh Davlat departamenti o‘z navbatida suhbat sanasini belgilashda davom etadi, biroq vizalar berilmaydi.

"Dastur bo‘yicha belgilangan suhbat sanalari boshqa sanaga ko‘chirilmaydi yoki bekor qilinmaydi. AQSh Davlat departamenti murojaatchilarni xabardor qilib borishga intiladi hamda qo‘shimcha yangilik bo‘lishi bilanoq jamoatchilikka taqdim etadi", deyiladi xabarda.

Braun universiteti sodir etilgan otishmalar fonida AQSh Green card dasturini to‘xtatgandi. AQSh Fuqarolik va immigrasiya xizmati (USCIS) mazkur dastur prezident Donald Trampning topshirig‘i bilan vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgandi. USCIS bunga Braun universitetida otishma sodir etganlikda gumonlangan shaxs Green card dasturi orqali Qo‘shma Shtatlarga kelganini sabab sifatida ko‘rsatgandi.

Kiritildi: Bugun 17:58. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!