Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh chegarasini kesib o‘tishga uringan to‘rt o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

AQSh chegarasini kesib o‘tishga uringan to‘rt o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

AQSh Havo va dengiz operasiyalari (AMO) chorshanba kuni Viekes oroliga kirishga uringan to‘rt nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi.

Xabarda aytilishicha, 7 may kuni Faxardo dengiz bo‘linmasi orolga kirishga uringan 7 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan qayiqni to‘xtatib tekshirgan. Yo‘lovchilardan uch nafari AQSh fuqarolari bo‘lib, qolgan to‘rt nafar – uch erkak va bir ayol O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. Ularning AQShga kirish yoki bo‘lish uchun ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kema AQSh Virjin orollaridagi Sen-Jon orolidan yo‘lga chiqqan.

Ramey sektori chegara xizmati xodimlari to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini immigrasiya hujjatlarini rasmiylashtirish va olib chiqish uchun qamoqqa olgan.

Kiritildi: 12:21 10.05.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!