Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh chegarasida qoidabuzarlarni qidiradigan odamsimon robotlar ishlatilishi mumkin

AQSh chegarasida qoidabuzarlarni qidiradigan odamsimon robotlar ishlatilishi mumkin

AQShning janubiy chegarasini patrul qilishda o‘rmon va tepaliklarda harakatlana oladigan, shuningdek, odamlarni qidirish imkoniyatiga ega odamsimon razvedka robotlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Foundation kompaniyasi bosh direktori Sankayet Patak Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Patakning aytishicha, kompaniya AQSh milliy xavfsizligi uchun mas’ul deyarli barcha davlat tuzilmalari bilan muzokara olib bormoqda.

"Biz milliy xavfsizlik uchun javob beradigan deyarli barcha davlat idoralari — Harbiy-havo kuchlari, Harbiy-dengiz kuchlari, armiya va Ichki xavfsizlik vazirligi bilan muzokaralar olib boryapmiz", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamsimon robotlar chegarani buzib o‘tishga urinayotgan shaxslarni aniqlashi va bu haqda chegarachilarga ma’lumot uzatishi mumkin. Yakuniy qarorni esa inson qabul qiladi.

"Ular odamni aniqlaydi, so‘ng signal yuboradi. Keyin nima qilish kerakligini insonning o‘zi hal qiladi", — deya tushuntirdi Patak.

Foundation rahbari, shuningdek, zarurat tug‘ilganda bunday robotlarni qurollantirish imkoniyati ham mavjudligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 16:37 17.08.2026. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!