Kongressning byudjet boshqarmasi ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyatining xarajatlarni va davlat apparati sonini qisqartirish bo‘yicha sa’y-harakatlariga qaramay, AQSh byudjeti taqchilligi joriy moliyaviy yil boshidan beri 196 milliard dollarga ko‘paygan.
Hisobotga ko‘ra, oktyabr oyidan aprel oyigacha bo‘lgan davrda federal xarajatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 342 milliard dollarga oshgan. Xarajatlarning asosiy o‘sishi mudofaa, immigrasiya dasturlari va ijtimoiy majburiyatlarga to‘g‘ri kelgan.