AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya suv osti internet-kabellarini himoya qilish uchun suv osti dronlarini ishlab chiqish bo‘yicha yangi loyihani e’lon qildi deb xabar bermoqda The Guardian.
Ushbu loyiha haqida Singapurdagi Shangri-La Dialogue sammitida e’lon qilindi.
Avstraliya mudofaa vaziri Richard Marlz “dengiz tubi jang maydoniga aylanib borayotganini”, suv osti infratuzilmasiga qilinayotgan hujumlar esa “misli ko‘rilmagan darajada” sodir bo‘layotganini ta’kidladi.
"Oxirgi 18 oy ichida biz o‘ta muhim suv osti infratuzilmasiga tarixda hali ko‘rilmagan miqyosdagi bir qator hujumlarni ko‘rdik", — dedi u.