Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh butunjahon neftining yirik qismiga sanksiya joriy qildi

AQSh butunjahon neftining yirik qismiga sanksiya joriy qildi

AQSh dunyodagi neft zaxiralarining uchdan bir qismiga, shuningdek, Eron, Venesuela va Rossiyaga to‘g‘ri keladigan qazib olishning beshdan bir qismiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqida Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti professori Olga Lebedinskaya “RIA Novosti”ga bergan intervyusida xabar berdi.

Ekspertning fikricha, dunyo bo‘yicha neft zaxiralari 1,66 trillion barrelni tashkil etadi, ulardan 298,4 milliardi Venesuela hududida, 157,8 milliardi Eron, 80 milliardi esa Rossiyada. Lebedinskaya ushbu mamlakatlardagi neft zaxiralarining ulushi butunjahon zaxiralarining 33 foizini tashkil etishini ta’kidladi. “Agar 2018 yilda OPEKni tark etgan va Eronni qo‘llab-quvvatlagan – Qatar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, bu raqam 34 foizni tashkil etardi”, dedi u.

Lebedinskaya shuningdek, 2016 yilda Venesuela, Eron va Rossiya, dunyodagi kundalik ehtiyojning 21,75 foizini ta’minlaganini eslatdi. Ekspert Amerika rasmiylarining siyosiy maydondagi faoliyati neft qazib olishning beshdan bir qismi sanksiyalar ostida bo‘lishiga olib kelganini ta’kidladi.

Eng asosiysi, sanksiyadan kunlik qazib olishni 0,75 million barrelga yetkazgan Venesuela eng ko‘p aziyat chekdi. Undan keyin Eron turadi. U qazib chiqarishni 2,1 million barrelga qisqartirdi. Lebedinskayaning ta’kidlashicha, ushbu sharoitda Rossiya, ishlab chiqarishni kuniga 10,7 million barrelgacha oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

 

 

Kiritildi: 11:40 30.10.2019. O'qildi: 1790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!