AQSh Buyuk Britaniyaning mudofaa sohasiga yetarlicha mablag‘ ajratmayotgani sababli Londonga bosim o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda Telegraph nashri rasmiy manbaga tayanib xabar berdi.
«AQSh Buyuk Britaniyaga Folklend orollari masalasida bosim o‘tkazmoqda. Pentagon vakillari Londonni mudofaa xarajatlarini oshirish zarurligi haqida ogohlantirgan. Aks holda, Britaniya orollar ustidan suverenitetini himoya qilishda AQSh qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘lishi mumkin», — deyiladi nashr xabarida.
Nashr manbasining ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasidagi muhokamalar «ochiq va keskin ruhda kechmoqda, hech qanday variant istisno qilinmayapti».