AQSh boshqa davlatlardan investisiyalar evaziga import bojlarini kamaytirishga tayyor — Donald Tramp.
Prezident bunga misol sifatida Yaponiya bilan tuzilgan kelishuvni keltirdi. Mazkur kelishuvga muvofiq Yaponiya Qo‘shma Shtatlarga 550 milliard dollar sarmoya kiritadi, buning evaziga yapon mahsulotlariga boj to‘lovlari 15 foizgacha kamaytiriladi.