Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh BMTga Tramp Ukrainadagi urushni 8 avgustga qadar tugatish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi ekanini bildirdi

AQSh BMTga Tramp Ukrainadagi urushni 8 avgustga qadar tugatish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi ekanini bildirdi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlikning xabar berishicha, bu haqda Qo‘shma Shtatlarning yuqori martabali diplomati Jon Kelli BMT Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosiga ma’lum qilgan.

"Rossiya ham, Ukraina ham o‘t ochiavvalroq Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Rossiyaga 10 kun muhlat berilishini va bu 29 iyuldan boshlab hisoblanishini e’lon qilgandi. shni to‘xtatish va mustahkam tinchlikka erishish bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim. Tinchlik bitimini tuzish vaqti keldi. Prezident Tramp bu 8 avgustgacha amalga oshirilishi kerakligini aniq bildirib o‘tdi. Qo‘shma Shtatlar tinchlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor", – dedi amerikalik diplomat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Rossiyaga 10 kun muhlat berilishini va bu 29 iyuldan boshlab hisoblanishini e’lon qilgandi. Qo‘shma Shtatlarning BMTdagi bayonotidan kelib chiqilsa, Vashington 8 avgustni ushbu ultimatumga javob berish uchun oxirgi kun deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 20:46 31.07.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!