Amerika Qo‘shma Shtatlari BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyasiga veto qo‘ydi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlik AQShning BMTdagi elchisi vazifasini bajaruvchi Doroti Shining Xavfsizlik Kengashidagi ovoz berishdan oldin so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, "Qo‘shma Shtatlar XAMASni qoralamaydigan va uni G‘azoni qurolsizlantirish va tark etishga chaqirmaydigan hech qanday chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlamasligini ochiq aytdi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat “o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarga putur yetkazadi va XAMASni jasorat qiladi".
Xavfsizlik Kengashining qolgan 14 a’zosi rezolyusiya loyihasi uchun ovoz berdi.