AQSh BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a boshchiligidagi o‘tish davri hukumatiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi rezolyusiyani taqdim etdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Mazkur hujjat Suriya yetakchisining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi arafasida ilgari surilmoqda, deya yozmoqda agentlik.
"Rezolyusiya loyihasida Suriya ichki ishlar vaziri Anas Xattobga qo‘yilgan sanksiyalarni ham bekor qilish ko‘zda tutilgan", deya qayd etadi Reuters.
Avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a bilan uchrashuv o‘tkazishni aytgan edi.