Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh bilan yangi yer osti boyliklari bo‘yicha bitim loyihasiga butun mamlakatdagi neft va gaz konlari kiritilgan

 AQSh bilan yangi yer osti boyliklari bo‘yicha bitim loyihasiga butun mamlakatdagi neft va gaz konlari kiritilgan

Bu haqda Ukraina Oliy Radasi deputati Yaroslav Jeleznyak ma’lum qildi.

Deputatning ma’lum qilishicha, AQSh bilan yer osti boyliklari bo‘yicha yangi kelishuv loyihasiga nafaqat yangi, balki mavjud neft va gaz zaxiralari ham kiritilgan.

"Kecha men ushbu hujjatni rasmiylarimizdan oldim. Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, 23 mart sanasi qo‘yilgan 58 betli bu hujjat bizga Vashingtondan yuborilgan va yer osti boyliklari bo‘yicha yangi kelishuv loyihasi sifatida taklif etilgan. Keyin uning taqdiri nima bo‘lgani noma’lum", — deydi Jeleznyak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda barcha turdagi qazilma boyliklari haqida so‘z boradi.

"Ya’ni u yerda neft ham, gaz ham bor. Yangi va mavjud konlar ham kiritilgan. Butun Ukraina hududi bo‘ylab", — deb yozadi u.

Jeleznyakning ta’kidlashicha, mazkur bitim muddatsiz amal qiladi va unga faqat Vashingtonning roziligi bilan o‘zgartirish kiritish mumkin. Shuningdek, hujjatda Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishiga doir band yo‘qligi aytiladi. "Hatto shunga ishora qiluvchi birgina jumla ham yo‘q", — deydi u.

Ma’lumot uchun, Ukraina va AQSh o‘rtasida yer osti boyliklariga oid kelishuvning imzolanishi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Vashingtondagi tortishuvidan keyin to‘xtab qolgan edi.

Tramp va Zelenskiy tortishuvdan keyin birinchi marta 19 mart kuni, telefon orqali suhbatlashishdi. 24 martda esa Tramp Ukraina bilan kelishuvga erishilganini va u "yaqin orada" imzolanishini e’lon qilgandi.

Kiritildi: 19:44 27.03.2025. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!