Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh bilan yana bir qo‘shma umumiy ta’lim dasturi ish boshladi

A A A
AQSh bilan yana bir qo‘shma umumiy ta’lim dasturi ish boshladi

Toshkentdagi AQSh elchixonasining xalq diplomatiyasi bo‘yicha xodimi Xarris Lipskom va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘qituvchilar malakasini oshirish boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Qo‘chkorova tashabbusi bilan “English-Speaking Nation: English Summer Excellence Training (ESN: ESET)”dasturi doirasida 40 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi mamlakatimizga keldi.

Ushbu ekspertlar hozir yurtimizdagi umumta’lim maktablarining 520 nafar ingliz tili o‘qituvchisi uchun 120 soatlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazmoqda. 16 kunlik mazkur trening muallimlarimizga ingliz tilida so‘zlashish, yozish, tinglash va o‘qitish ko‘nikmasini oshirishga ko‘maklashadi.

19 iyundan ish boshlagan amerikalik mutaxassislar 8 iyulga qadar Nukus, Navoiy, Zarafshon, Shahrisabz, Denov, Jizzax, Guliston, Angren, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlaridagi o‘rta maktab o‘qituvchilari bilan amaliy mashg‘ulot, treninglar kundalik faoliyatda ingliz tilidan foydalanish, shuningdek, sinfda dars berish va o‘quvchi bilan muloqot qilishda o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan. Xorijlik ekspertlar 30 nafar mahalliy o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quvchilarga ham dars beradi. Umumiy ingliz tili va sinfda ingliz tili bo‘yicha amaliyotdan tashqari, ESN: ESET dasturi o‘qituvchilarga ingliz tilida ta’lim berish va faqat ingliz tilida olib boriladigan ixchamlashtirilgan mikro-o‘qitish sessiyasida yakuniy taqdimot o‘tkazishda yaqindan yordam beradi. Bundan tashqari dastur o‘quv jarayonini yanada kuchaytirib, muallimlarimiz kelajakda o‘z sinfida foydalanishi mumkin bo‘lgan zarur vositalar bilan ta’minlaydi.

“The English-speaking Nation: Summer Excellence Training (ESN: ESET)” dasturi O‘zbekistondagi ingliz tili o‘qituvchilarining sinfda ingliz tili kompetensiyasi va dars o‘tishni kuchaytirishga qaratilgan umummilliy tashabbusi sanalgan “English-Speaking Nation: Secondary Teacher Training Program (ESN: STT)” dasturining tarkibiy qismidir. Mazkur loyiha uch yil davomida respublikamizdagi 15 000 nafaringliz tili o‘qituvchisini qamrab olishi ko‘zda tutilgan.

“English-Speaking Nation” Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan, ta’lim sohasidagi islohotni qo‘llab-quvvatlovchi hamkorlik dasturidir. Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi nodavlat notijorat tashkiloti loyihani amalga oshirishda sherik hisoblanadi.

Mazkur kengash xalqaro ta’lim, akademik almashinuv va chet elda til o‘rganish bo‘yicha yetakchi tashkilot sifatida ta’limni rivojlantirish va tadqiq etishda mukammal xalqaro aloqalar va o‘zaro tushunishni mustahkamlash yo‘lida ish olib boradi. Tuzilma 2018 yil Toshkentdagi ofisini qayta ochdi va hozir mamlakatimizda FLEX, American Windows, Uzbekistan Business Leaders (UBL) va Markaziy Osiyo universitetlari Hamkorlik dasturi (UNiCEN) kabi 13 ta dasturni boshqaradi.

Kiritildi: 14:49 25.06.2023. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!