Komil Allamjonov bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qator muhim tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Xususan, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «C5+1» uchrashuvi hamda Mayami shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan G20 sammitining kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.