Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Belarus kaliyiga nisbatan sanksiyalarni bekor qiladi

 AQSh Belarus kaliyiga nisbatan sanksiyalarni bekor qiladi

Bu haqda “Zerkalo” nashri AQSh prezidentining maxsus vakili Jon Koulning bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

"Prezident Trampning ko‘rsatmalariga muvofiq, AQSh Belarus kaliyiga nisbatan sanksiyalarni olib tashlamoqda. Bu Vashington tomonidan Minsk uchun juda yaxshi qadam, deb hisoblayman", — dedi Trampning Belarus bo‘yicha maxsus vakili Jon Koul.

Koulning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar normallashib borgani sari tobora ko‘proq sanksiyalar bekor qilinadi va kelajakda hech qanday cheklovlar bo‘lmasligiga umid bor.

Sanksiyalar bekor qilingani Koulning Belarus prezidenti Lukashenko bilan bo‘lib o‘tgan ikki kunlik muzokaralari yakunida e’lon qilingan. Muzokaralar Minskda yopiq firmatda bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 19:43 13.12.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!