AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Belarusning "Belavia" aviakompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatidan rasman olib tashladi.
Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.
Hujjatga ko‘ra, ro‘yxatdan EW-301PJ davlat raqamiga ega Bombardier Challenger 850 samolyoti ham olib tashlangan.
Bundan tashqari, AQSh Moliya vazirligi "Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yoki "Slavkali" korxonasi bilan bog‘liq" uchta samolyotga vaqtinchalik lisenziya berdi. Ushbu hujjat samolyotga texnik xizmat ko‘rsatish, parvozlar va boshqa operasiyalarni bajarishga imkon beradi.
11 sentyabr kuni AQSh prezidentining matbuot kotibi Jon Koul Vashington "Belavia"ga qarshi 2022 yil aprelidan beri amalda bo‘lgan sanksiyalarni bekor qilayotganini ma’lum qildi. Belarus aviakompaniyasiga Minskka tegishli, nazorat qilinadigan yoki AQShda ishlab chiqarilgan samolyotlarda Belarus yoki Rossiyaga parvoz qilish taqiqlangan.