Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Avstraliyadagi harbiy ob’ektlarning yarmidan ko‘piga kirish imkoniga ega bo‘ldi

AQSh Avstraliyadagi harbiy ob’ektlarning yarmidan ko‘piga kirish imkoniga ega bo‘ldi

AQSh armiyasi va Amerika mudofaa kompaniyalari Avstraliyadagi 110 ta harbiy ob’ektga kirish imkoniga ega. The Guardian nashri xabariga ko‘ra, AQSh armiyasi mamlakat hududidagi 17 ta ob’ektni nazorat qiladi, yana 75 ta Avstraliya tomonidan boshqariladigan ob’ektga kirish huquqiga ega. Amerika mudofaa kompaniyalari esa 18 ta ob’ektga kirishi mumkin.

Tadqiqot muallifi professor Richard Tanterning ta’kidlashicha, bu holat AQShning Avstraliya mudofaa tizimiga keng miqyosda integrasiyalashganini ko‘rsatadi. Uning fikricha, Vashington o‘n yildan ortiq vaqt davomida Avstraliyani Xitoy bilan ehtimoliy urushda yirik harbiy operasiyalar bazasiga aylantirish imkoniyatlarini yaratib kelmoqda.

AQSh harbiylari foydalanadigan ob’ektlarning 92 tasi razvedka ma’lumotlarini yig‘ish, sun’iy yo‘ldoshlar orqali axborot olish, aloqa vositalarini kuzatish, harbiy mashg‘ulotlar va qurol-yarog‘larni joylashtirish uchun ishlatiladi. Pine Gap qo‘shma AQSH-Avstraliya razvedka ob’ekti esa AQShning zarba berish nishonlarini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Avstraliya hukumati AQSh harbiylari ishtiroki doimiy emas, balki «rotasion» xarakterga ega ekanini ta’kidlamoqda. Biroq yaqin yillarda mamlakatdagi Amerika harbiy kontingenti yanada oshishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, avstraliyaliklarning AQShga bo‘lgan ishonchi pasaymoqda. Lowy instituti so‘roviga ko‘ra, AQSh xalqaro maydonda mas’uliyatli harakat qilayotganiga ishongan avstraliyaliklar ulushi 31 foizga, Donald Trampga global masalalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish borasida ishonganlar esa 21 foizga tushgan.

Avstraliya ekspertlari AQSh harbiy ishtirokining kuchayishi mamlakatning mustaqilligi va suverenitetiga xavf tug‘dirishi, shuningdek, Avstraliyani AQSH-Xitoy qarama-qarshiligiga tobora ko‘proq jalb qilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Kiritildi: 22:25 07.09.2026. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!