Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.
"Biz Erondagi uchta yadroviy ob’ektga juda muvaffaqiyatli hujumimizni yakunladik. Barcha samolyotlar uyga qaytmoqda. Ajoyib amerikalik jangchilarimizni tabriklaymiz. Dunyodagi hech bir armiya bunday qila olmasdi. Endi tinchlik vaqti keldi!", – deya qayd etdi prezident.
Tramp keyingi postida bu AQSH, Isroil va butun dunyo uchun tarixiy palla ekanini ta’kidlagan. "Endi Eron urushni to‘xtatishga rozi bo‘lishi lozim", – deya qo‘shimcha qilgan AQSh yetakchisi.
Tramp, shuningdek, quyidagi postni ham o‘z sahifasida e’lon qilgan: "Fordo endi mavjud emas" (Fordow is gone).