AQSh prezidenti buni “Yaqin Sharq tarixidagi eng kuchli bombardimonlardan biri” deb atadi.
"Men oroldagi neft infratuzilmasini yo‘q qilmaslikka qaror qildim. Biroq Eron yoki boshqa tomon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning erkin va xavfsiz harakatiga to‘sqinlik qilsa, bu qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin", — dedi Tramp.
Shuningdek, Oq uy rahbari Eron AQSh hujumlari uchun tanlangan ob’ektlarni himoya qila olmasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Xarg oroli Eron uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u orqali mamlakat neft eksportining 90 foizi o‘tadi.