AQSh “Amerika Ovozi”ning xorijdagi ayrim ofislarini va radiostansiyalarini yopadi — The New York Times.
"Federal moliyalashtirishga ega bo‘lgan va" matbuot erkinligi cheklangan” mamlakatlar uchun mustaqil xabarlar tayyorlaydigan axborot tashkilotining to‘liq ishlashini ta’minlash bo‘yicha sud buyrug‘iga qaramay, Tramp ma’muriyati o‘tgan haftada qonun chiqaruvchilarga “Amerika ovozi”ning efir imkoniyatlarini qisqartirish rejalari haqida xabar berdi", deya yozmoqda nashr.
AQSh Kongressiga yuborilgan maktubga ko‘ra, Jakarta (Indoneziya), Islomobod (Pokiston), Nayrobi (Keniya) va Praga (Chexiya) hududlarini o‘z ichiga olgan oltita xorijiy byuro va to‘rtta marketing ofisi yopiladi.
"Bu reja Tramp ma’muriyatining federal mablag‘lar hisobidan ishlaydigan xorijdagi axborot tashkilotlarini qisqartirishga qaratilgan keng qamrovli kampaniyasining bir qismidir", deyiladi maqolada.