AQSh hukumati keyingi uch yil ichida Evroittifoq tomonidan kelishilgan miqdorda energo manbalari sotib olinmasa, EI mahsulotlariga boj to‘lovlarini oshirish niyatida. Bu haqda The New York Times gazetasi Oq uydagi manbaga tayanib xabar berdi.
«Agar Yevropa ittifoqi uch yil ichida energiya xarid bo‘yicha maqsadga erishmasa, javob sifatida boj to‘lovlari ko‘tariladi», — degan Oq uy vakili.
Biroq nashr ta’kidlashicha, AQShning prezidenti Donald Tramp davrida tuzilgan ushbu bitimlarda energoresurslarni majburiy xarid qilish yoki kelishuv buzilganda ta’minlovchi huquqini himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilmagan.
Bu tahdid Yevropada iqtisodiy qarama-qarshilikni kuchaytiradi, deb taxmin qilinmoqda.