Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Afg‘onistonga harbiy baza joylashtirish yuzasidan Tolibon bilan muzokara olib bormoqda

AQSh Afg‘onistonga harbiy baza joylashtirish yuzasidan Tolibon bilan muzokara olib bormoqda

Tramp ma’muriyati Tolibon bilan Afg‘onistondagi Bagram havo bazasida cheklangan Amerika harbiy mavjudligini tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari bazadan terrorizmga qarshi operasiyalarni o‘tkazish joyi sifatida foydalanmoqchi.

Muzokaralar dastlabki bosqichda, Amerika tomonida esa prezidentning garovga olinganlar bo‘yicha maxsus vakili Adam Beyler ularni boshqarmoqda.

Avvalroq Al Jazeera telekanali Tolibon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Zokir Jalolga tayanib, Kobul AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘onistondagi Bagram havo bazasini Amerika nazoratiga qaytarish niyatini rad etishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 10:00 20.09.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!