AQSh Adliya vazirligi 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlari to‘plangani uchun TikTok ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi. Bu haqda The New York Times yozmoqda .
Amerika rasmiylarining fikricha, ijtimoiy tarmoq qonunni chetlab o‘tib, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga akkaunt yaratishga ruxsat bergan va hattoki «bolalar rejimida» ilova shaxsiy ma’lumotlarni to‘plagan.
Qayd etilishicha, TikTok vakillari akkaunt kattalarga yoki bolaga tegishli ekanligini tekshirish uchun besh-etti soniya vaqt sarflagan.