AQSh Adliya vazirligi milliarder Jeffri Epshteyn ishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 1 milliondan ortiq hujjat qo‘lga kiritilganini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, hujjatlar FBR hamda Nyu-York janubiy okrugi prokuraturasi tomonidan aniqlangan va Adliya vazirligiga topshirilgan. Ushbu materiallar Epshteynga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinsiy ekspluatasiya tarmog‘i bo‘yicha ish doirasida o‘rganilmoqda.
Jeffri Epshteyn qamoqxonada o‘lik holda topilgan edi.