Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh 300 dan ortiq xorijiy talabaning vizasini bekor qildi – Marko Rubio

AQSh 300 dan ortiq xorijiy talabaning vizasini bekor qildi – Marko Rubio

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning ma’lum qilishicha, Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlarida ishtirok etgan 300 dan ortiq xorijiy talabaning vizasi bekor qilingan.

"Hozirda annulyasiya qilingan vizalar soni 300 dan ortiq bo‘lishi mumkin. Biz bu ishni har kuni amalga oshiryapmiz. Har safar shu aqldan ozganlardan birini topsam, vizasini bekor qilaman", – deya Rubioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Joriy yil yanvar oyining oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan va Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlarida ishtirok etgan talabalarni mamlakatdan deportasiya qilish bilan tahdid qilgan edi.

"Mamlakatda istiqomat qilayotgan va jihodni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlarga qo‘shilgan barcha xorijliklarga ogohlantirish: 2025 yilda biz sizlarni topib, deportasiya qilamiz", deyilgan farmonga ilova qilingan byulletenda.

Kiritildi: 13:03 28.03.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!