Apple oyiga $19,99 evaziga 3 ta gadjet uchun sug‘urta dasturini ishga tushirdi. Dastur bir vaqtning o‘zida siz tanlagan uchta qurilmani sug‘urta qilish imkonini beradi.
Xizmat shartlariga ko‘ra, foydalanuvchi istalgan uchta Apple gadjetini oyiga 19,99 dollar evaziga sug‘urta qilishi mumkin. Har bir qo‘shimcha qurilma qo‘shilsa, sug‘urta narxi 5,99 dollargaoshadi.
Bundan tashqari, siz Apple CareOne obunangizga to‘rt yil avval sotib olingan eski qurilmalarni qo‘shishingiz mumkin. Ularni qo‘shishdan oldin kompaniya mutaxassislari gadjetni tekshirib ko‘rishadi — qurilma yaxshi holatda bo‘lishi kerak.