Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Apple Tramp bosimi ostida AQShga 100 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Apple Tramp bosimi ostida AQShga 100 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Apple AQShda mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida yana 100 mlrd dollarlik sarmoya kiritmoqda. Bu qaror kompaniyaga Donald Tramp tomonidan qo‘yilgan bosim natijasida qabul qilingani ta’kidlanmoqda.

BBC xabar qilishicha, sarmoya Apple’ning avval e’lon qilgan 500 mlrd dollarlik to‘rt yillik investisiya rejasiga qo‘shimcha bo‘ladi. Oq uyga ko‘ra, yangi mablag‘lar Apple mahsulotlari uchun ehtiyot qismlarni AQShda ishlab chiqarishga, yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirishga va yangi ma’lumot markazlari qurilishiga yo‘naltiriladi.

6 avgust kuni Tramp va Apple rahbari Tim Kuk Oq uydagi rasmiy marosimda birgalikda chiqish qildi. Tramp sarmoya tufayli Apple 100 foizlik boj soliqlaridan qutulganini ma’lum qildi. Shuningdek, boshqa kompaniyalar ham shunday investisiya yo‘nalishini tanlasa, soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Apple yangi sarmoya doirasida Kentukkida iPhone va aqlli soatlar uchun «aqlli oyna» ishlab chiqarishni boshlaydi. Tim Kukning ta’kidlashicha, ushbu loyiha kompaniyaning AQShda komponentlar ishlab chiqarish salohiyatini kuchaytiradi. Shuningdek, u Trampga o‘z qo‘li bilan yasagan shisha haykalcha sovg‘a qilgan.

Apple kompaniyasi ayni vaqtda Xitoyga bog‘liq yetkazib berish zanjirini diversifikasiya qilmoqda — ayrim ishlab chiqarishlarni Hindiston va Vyetnamga ko‘chirmoqda. Shunga qaramay, kompaniya 2025 yilning ikkinchi choragida AQShga tariflar sababli 800 mln dollardan ortiq boj to‘lagan.

Kiritildi: 17:24 07.08.2025. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!