Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Apple Tramp bojlar joriy etilishidan oldin AQShga Hindistondan beshta samolyotda iPhone jo‘natdi

Apple Tramp bojlar joriy etilishidan oldin AQShga Hindistondan beshta samolyotda iPhone jo‘natdi

Bu haqda The Times of India nashri ma’lum qildi.

Texnologiya korporasiyasi mart oyining so‘nggi uch kunida Hindistondan AQShga beshta yuk samolyoti orqali iPhone va boshqa texnikalarni jo‘natdi, deb yozadi nashr yuqori lavozimli hindistonlik mansabdorga tayanib.

Shu tariqa Apple AQSh prezident Tramoning aprelda kuchga kirgan yangi import bojlar joriy etishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga harakat qilgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya mart oyida Xitoydagi zavodlaridan ham mahsulot jo‘natishni tezlashtirgan.

Apple boshqa mamlakatlardan Qo‘shma Shtatlarga olib kiriladigan qo‘shimcha texnika partiyalari orqali mahsulotlarining narxini oshirmaslik imkonini yaratishni maqsad qilgan.

The of India nashriga ko‘ra, Apple'ning Qo‘shma Shtatlardagi omborlarida mavjud bo‘lgan mahsulot zaxiralari bir necha oyga yetishi kerak.

Kiritildi: 10:24 08.04.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!