Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Apple qaror qildi: iPhone XI modeli «siklop» dizaynida bo‘ladi!

A A A
Apple qaror qildi: iPhone XI modeli «siklop» dizaynida bo‘ladi!

Kupertinolik korporasiyaning navbatdagi ayfoni dizayni borasida ikki variantdan birini tanlashi mumkinligi aytilayotgan edi. Ulardan birini e’lon qilganmiz uch modulli bosh kamera kvadrat blok ichida joy oladi.

Hindistonning Compareraja resursi o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, Apple ikkinchi variantni tanlagan. Unda ayfonning asosiy kamerasi korpus orqa panelining tepa qismi o‘rtasida, gorizontaliga joylanadi. Bu esa bir ko‘zli afsonaviy maxluq siklopni eslatadi.

Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, iPhone XI modelida diagonaliga 5,8 dyuymlik OLED-displey saqlanib qoladi. Ammo displeydagi kemtik ning kichrayishi hamda romlarining yupqaligi evaziga korpusi sal ixchamlashuvi kutilmoqda.

Bulardan tashqari, yangi ayfon Lightning o‘rniga USB Type-C porti hamda 4000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Ammo Apple ning bu yilgi smartfonlari hali 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi.

iPhone XI kumushrang, tillarang va kul rang tusli korpuslarda chiqishi kutilmoqda, yana ko‘k rangda ham taqdim etilishi mumkin.

Manba: terabayt. uz

Kiritildi: 22:50 29.01.2019. O'qildi: 2078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!