Amerikaning "Apple" kompaniyasi Donald Tramp joriy etgan yangi global bojlar munosabati bilan o‘z mahsulotlari narxini oshirishi mumkin, deb yozmoqda "The New York Times" nashri.
Eng yuqori bojlar Apple qurilmalari ishlab chiqariladigan asosiy mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatdi: bu Vyetnam (46%), Xitoy (34%) va Hindiston (26%) davlatlaridir.
Endilikda korporasiya ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak:
— Foydasiga ta’sir qiluvchi yo‘qotishlarga rozi bo‘lish.
— Qo‘shimcha xarajatlarni iste’molchilar zimmasiga yuklash.
Bu xabarlar ortidan Apple aksiyalari ikkinchi darajali savdolarda 5,7% ga pasaydi.