Bloomberg xabaricha, Apple kompaniyasi o‘zining yangi Health+ ilovasi orqali iPhone’larni shaxsiy shifokorga aylantirishni rejalashtirmoqda. Ilova foydalanuvchilarga sog‘liqni kuzatishda yordam beradigan sun’iy intellekt (SI) agentini taklif qiladi.
Health+ ilovasining funksiyalari quyidagilardan iborat:
– Shaxsiylashtirilgan SI maslahatlari: foydalanuvchilar uchun sog‘liqni saqlash bo‘yicha yangi, shaxsiy tavsiyalar taqdim etiladi.
– Sog‘liq bo‘yicha ekspert videolari: hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan mutaxassislar videolarini tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.
– Ovqatlanishni kuzatish funksiyasi: sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus funksiya joriy etiladi.
– Apple Watch integrasiyasi: Apple Watch foydalanuvchilarining ma’lumotlari bilan to‘liq uyg‘unlashtiriladi.
Agar Health+ xizmatining SI-agent funksiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Apple sog‘liqni saqlash sohasida sun’iy intellekt chatbotlari bo‘yicha yetakchi texnologiya kompaniyasiga aylanishi mumkin. Bu yondashuv Apple’ning sog‘liqni saqlash texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqishi va foydalanuvchilarga sog‘liqni monitoring qilishda yanada samarali yordam berishini ta’minlashi kutilmoqda.