Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

APL. "Manchester Siti" "Sanderlend"ga javobsiz 3 ta gol urdi. Husanov yana zaxirada qoldi

APL. "Manchester Siti" "Sanderlend"ga javobsiz 3 ta gol urdi. Husanov yana zaxirada qoldi

Angliya chempionatining 15-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Sanderlend"ni mag‘lub etdi - 3:0.

Dastlabki gol 31-daqiqada Ruben Diash tomonidan kiritildi. 35-daqiqada Yoshko Gvardiol hisobdagi farqni oshirdi, 65-daqiqada Fil Foden hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar himoyachisi Lyuk O'Nayen to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

"Manchester Siti" ochkolarini 31 taga yetkazib, APL turnir jadvalida "Aston Villa"ni (30 ochko) ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Sanderlend" 23 ochko bilan yettinchi o‘ringa tushib ketdi.

APL. 15-tur

6 dekabr, 20:00

Manchester Siti - Sanderlend - 3:0

Gollar: Ruben Diash, 31 (1:0). Gvardiol, 35 (2:0). Foden, 65 (3:0)

Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol (Ake, 70), ORayli, Mateus Nunes, Gonsales, Foden (Reynders, 69), Bernardu Silva (Lyuis, 82), Doku, Sherki (Savio, 82), Xolann (Marmush, 69)

Sanderlend: Rufs, Ballard, Gertreyda, Alderete, Xyum (ONayen, 88), Mukyele, Sadiki (Mandl, 72), Djaka (Adingra, 72), Le Fe, Traore (Talbi, 56), Izidor (Brobbi, 56)

Ogohlantirishlar: Gvardiol, 37

Chetlatish: O`Nayen, 90

Kiritildi: 22:20 06.12.2025. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!