Angliya Premyer-ligasining qoldirilgan 31-tur uchrashuvida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qildi. Manchester shahridagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 32-daqiqada Antuan Semenyo tomonidan ochildi. 40-daqiqada Omar Marmush «shaharliklar»ning ustunligini oshirdi. Yakuniy nuqtani esa 84-daqiqada Savio qo‘ydi.
Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Abduqodir Husanov o‘yin oxirigacha maydonda harakat qildi va jamoasi safida yuqori ball olgan futbolchilardan biri bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» 36 ta turdan so‘ng 77 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 2 ochko ortda qolmoqda. «Kristal Pelas» esa 44 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
Angliya — Premyer-liga, 31-tur
13 may 2026 yil. Manchester. «Etihad» stadioni.
«Manchester Siti» — «Kristal Pelas» 3:0
Gollar: Semenyo 32, Marmush 40, Savio 84.