Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

APL. «Liverpul» o‘z uyida «Chelsi»ni mag‘lub etdi

APL. «Liverpul» o‘z uyida «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Angliya chempionatining 8-turi doirasida «Liverpul» o‘z uyida «Chelsi»ni qabul qildi.

Bahsning 29-daqiqasida Kertis Jonsga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilandi. Muhammad Saloh 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Nikolas Jekson mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Salohning uzatmasidan keyin Kertis Jons "Chelsi" darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritdi.

"Liverpul" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 21 taga yetkazib, peshqadamlikni yana o‘z qo‘liga oldi. "Chelsi" esa 14 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi.

Angliya chempionati, 8-tur
Liverpul – Chelsi 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 29, penalti Saloh, 1:1 – 48 Jekson, 2:1 – 51 Jons.
Liverpul – Kellexer, Robertson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Gomes, 81), Jons (Mak Allister, 81), Gravenberx, Gakpo (Dias, 66), Soboslai, Saloh, Diogu Jota (Nunyes, 30).
Chelsi – Sanches, Gyusto, Koluill, Adarabioyo (Badyashil, 53), Jeyms (Veyga, 53), Laviya (Fernandes, 53), Kaysedo, Palmer, Sancho (Netu, 46), Madueke (Nkunku, 76), Jekson.
Ogohlantirishlar: Adarabioyo (6), Slot (26), Jekson (28), Soboslai (45+8), Nunyes (69), Veyga (78), Konate (80), Mak Allister (90+2).

Kiritildi: 23:23 20.10.2024. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!