AQSh prezidenti Donald Tramp Garvard universitetini "antisemitizm pozisiyasi" uchun 3 mlrd dollarlik grantlardan mahrum qilish bilan tahdid qildi.
Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Men o‘ta antisemit bo‘lgan Garvarddan 3 mlrd dollar miqdoridagi grantlarni olib qo‘yish va ularni butun mamlakat bo‘ylab professional ta’lim muassasalariga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdaman," deb aytgan Tramp.
Shuningdek, u bu choralarni "AQSh uchun ajoyib sarmoya" deb atadi.