Sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan AQShning Anthropic kompaniyasi Ilon Maskka tegishli SpaceX’ning eng yirik mijoziga aylandi. Kompaniya SpaceX’ning choraklik daromadining uchdan bir qismidan ortig‘ini ta’minlamoqda.
Bloomberg agentligi xabar berishicha, 2026 yilning uchinchi choragida SpaceX daromadining taxminan 34,5 foizi Anthropic buyurtmalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellekt ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikdan tushgan daromad SpaceX’ning AQSh davlat shartnomalari bo‘yicha olgan tushumlaridan ham oshib ketgan.
Tarkibiga joriy yilda Super Intelligence bo‘linmasi ham kiritilgan SpaceX Anthropic kompaniyasiga Tennessi shtatidagi Memfis shahrida joylashgan ma’lumotlar markazlarining hisoblash quvvatlarini taqdim etmoqda.
2029 yilgacha amal qiladigan shartnomalar shartlariga muvofiq, dekabr oyidan boshlab Anthropic SpaceX’ga har oy taxminan 3,1 milliard dollar to‘lab boradi.