Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Angrenda zo‘ravonlikka uchragan qiz bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

Angrenda zo‘ravonlikka uchragan qiz bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

Angren shahrida zo‘ravonlikka uchragan voyaga yetmagan Y.S.ga nisbatan jinoyat ishi sud muhokamasi bosqichiga yetdi. Bolalar ombudsmani uning sog‘ligi va ruhiy holatini o‘rganish maqsadida shifoxonaga tashrif buyurib, qizning ahvoli bilan tanishdi.

Joriy yil iyul oyida Angren shahrida sodir etilgan zo‘ravonlik jinoyati qurboni bo‘lgan voyaga yetmagan Y.S. hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanmoqda.

Bolalar ombudsmani qizning sog‘ligi va psixologik holatini o‘rganish maqsadida shifoxonaga tashrif buyurib, u bilan xoli suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida Y.S. o‘zining salomatligi, ota-onasi va oila a’zolariga nisbatan munosabati, ishonchi darajasi hamda kelgusida qay biri bilan yashashni istashi haqida fikr bildirdi.

Shifokorlar ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlik va mas’uliyat tufayli qizning ahvoli yaxshilanib, tana vazni oshgan va umumiy holati barqarorlashgan. Shu bilan birga, Milliy gvardiya huzuridagi Bolalar psixologiyasi markazi tomonidan jalb etilgan malakali psixolog muntazam muolajalar olib borib, qizning ruhiy holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Psixolog xulosasiga ko‘ra, Y.S. posttravmatik tiklanish bosqichida bo‘lib, uning holatini barqarorlashtirish va travmatizasiyaning oldini olish uchun davolanishdan keyin neytral va xavfsiz oilaviy muhitga joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Aytish kerakki, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanib, materiallar sudga yuborilgan. Hozirda sud muhokamasi davom etmoqda. Bolalar ombudsmani bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan sud jarayonida ishtirok etmoqda va kelgusida uni xavfsiz muhitga joylashtirish choralari ustidan kuzatuvni davom ettiradi.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!