Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Angrenda fojiali YTH: Ona va bola bir kunda halok bo‘ldi

A A A
Angrenda fojiali YTH: Ona va bola bir kunda halok bo‘ldi

19 may kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida fojiali YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi O‘.Olimov (ismi o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi  Nexia avtomashinasini “Toshkent-O‘sh” yo‘lining 174-kmda haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, Angren shahrida yashagan M.Ismoilova (ismi o‘zgartirilgan) va ayolning uch yoshli o‘g‘li A.Botirov (ismi o‘zgartirilgan) larni urib yuborgan.
Natijada M.I. va A.B.lar jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Kiritildi: 03:47 21.05.2018. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik