Angolaning shimoli-g‘arbiy qismida noqonuniy oltin konida sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida kamida 28 kishi halok bo‘ldi.
Angola axborot agentligi voqea sodir bo‘lgan Bengo viloyati rasmiylariga tayanib xabar berishicha, qurbonlar soni 28 kishini tashkil etgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kishi qutqarilgan. Bengo polisiyasi vakili Gaspar Luis Inasio barcha qurbonlar 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ekanligini aytdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, fojia konni qoplagan va ichidagilarni katta chuqurlikda qolib ketgan qalin tuproq qatlamining to‘satdan qulashi natijasida yuzaga kelgan.
Qutqaruv guruhlari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Rasmiy ravishda ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb xabar berilgan, ammo mahalliy aholining ta’kidlashicha, 70 kishigacha yer ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chki Angolaning bu qismida ketma-ket uchinchi kundan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.