Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Angliya polisiyachilari nega jinoyatlarni fosh eta olmayotgani sababi ma’lum bo‘ldi

Angliya polisiyachilari nega jinoyatlarni fosh eta olmayotgani sababi ma’lum bo‘ldi

Haddan tashqari yuklama va ortiqcha ish tufayli Britaniya polisiyachilariga jinoyatlarni to‘g‘ri tergov qilish uchun vaqt va resurslar (ba’zi hollarda esa tajriba) yetishmayapti, bu esa ularning ochilish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Britaniya qirollik polisiya, yong‘in va qutqaruv xizmatlari inspeksiyasi (HMICFRS) tomonidan e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, 2024 yilda Angliya va Uelsda jinoyatlarning ochilish darajasi 2015 yil bilan taqqoslaganda sezilarli darajada tushib ketgan. Bundan o‘n yil oldin barcha ishlarning 25,4 foizi ochilgan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 11,3 foizni tashkil etmoqda.

HMICFRS tahlilchilarining yozishicha, 2015 yildan beri polisiyachilar yuklamasi 32 foizga, ro‘yxatga olingan huquqbuzarliklar soni esa 44 foizga oshgan. Shu bilan birga, polisiya xodimlari 13 foizga qisqargan. Hisobotda qayd etilishicha, so‘rovda ishtirok etgan polisiyachilarning aksariyati yuklamalar haddan ortiq ko‘pligi va muntazam yangi ishlab kelayotgani bois mavjudlarini tergov qilishga vaqt yetishmayotganini ma’lum qilgan.

«Polisiya bo‘linmalari rahbarlarida barcha og‘ir jinoyatlarni ularning o‘zlari ham, jamoatchilik ham kutgan standartlar bo‘yicha tergov qilish uchun yetarli resurslar yo‘q», — deydi polisiya inspektori Li Frimen.

«Biz shunday xulosaga keldikki, og‘ir jinoyatlarni yanada samarali tergov qilish uchun huquq-tartibot idoralariga ko‘proq xodimlar kerak», — deyiladi hisobotda.

Kiritildi: 20:44 27.03.2025. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!