Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin.
talkSPORT xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasining sobiq murabbiyi "MYu"da Ruben Amorim o‘rniga nomzodlardan biri hisoblanadi. Klubning xo‘jayinlaridan biri Jim Retkliff allaqachon Sautgeyt bilan bevosita bog‘langan.
Qayd etilishicha, "MYu" Amorimni iste’foga chiqarmoqchi emas. Lekin shunday qaror qabul qilinishi ham ehtimoldan xoli emas.