Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.U. fuqaro D.N. va boshqalarning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi va viza olib berishi evaziga 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.