Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Buloqboshi tumani "Sarvontepa" MFY hududidan oqib o’tuvchi Janubiy Farg’ona kanali qirg’oqlarining biriga shikast yetganligi natijasida ma’lum miqdorda suv sizib chiqqan.
Ushbu ma’lumot olinishi bilan Norin-Qoradaryo Irrigasiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa oqibatida ushbu mahallada joylashgan 100 ga yaqin xonadonga suv kirgan. Shundan taxminan 30 tasida xonadonning ichiga, qolgan 70 ta holatda esa tomorqasiga suv kirgan.
Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning texnikalari yordamida suv oqimini pasaytirish va kirgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.