Andijon viloyati Baliqchi tumanida 22 yoshli kuyov to‘y korteji sababli 27 mln 200 min so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Baliqchi tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaroning to‘yi munosabati bilan to‘y korteji Baliqchi tuman markazida guruh bo‘lib harakatlangan va bu holatni avtomashinadan tanasini chiqarib, video tasvirga olib ketayotgan operator avtomashinasi viloyat IIB YHXB tomonidan to‘xtatilib, qonuniy chora ko‘rilishi bildirilgan. Biroq kuyov va uning do‘stlari bu holatga qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasini o‘tayotgan xodim bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan 27 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.
Bildrilishicha, hozirda Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, kuyovdan 27 mln 200 ming so‘m miqdoridagi jarima pullari undirilishi ta’minlangan.