Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Andijonda qishloq xo‘jaligi yeridagi noqonuniy qurilma buzildi

Andijonda qishloq xo‘jaligi yeridagi noqonuniy qurilma buzildi

Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro I.B. qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun ajratilgan yong‘oq bog‘ining atrofini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilma qilib olganligi aniqlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 03.07.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan fuqaro I.B. tomonidan Baliqchi tumani, Chinobod massivi qishloq xo‘jalik xaritasining 4956-konturidagi 98 kv.m yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar javobgar hisobidan majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan.

Sud hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosining Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotlar va mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlanib, yer maydoni avvalgi holatga keltirildi.

Kiritildi: Bugun 18:30. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!