Andijon shahrida taksichilik qiluvchi shaxs Rossiya fuqarosi bilan til biriktirib, o‘zbekistonliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan. U har bir yollangan shaxs uchun 1000 dollargacha olishga kelishgan. So‘ngra mashinasiga chiqqan yo‘lovchilarga agar urushga borsa katta miqdorda pul to‘lanishi hamda turli imtiyozlarga ega bo‘lishini aytib, ularni qiziqtirgan.