Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Andijonda ota farzandiga aliment o‘rniga mashina berdi

Andijonda ota farzandiga aliment o‘rniga mashina berdi

Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati ijrosi ta’minlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 11.09.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan fuqaro A.O.dan undiruvchi YU.N.ni foydasiga 2 nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Biroq belgilangan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli qarzdorlik yuzaga kelgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklar aniqlanib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Natijada qarzdor tomonidan mavjud qarzdorlikni qoplash maqsadida undiruvchi bilan o‘zaro kelishgan holda undiruvchiga “Damas” rusumli avtomashinasini topshirdi.
Mazkur avtomashina o‘zaro kelishuv va qonunchilik talablari asosida baholanib, aliment qarzdorligini qoplash hisobiga rasmiylashtirildi.
Shu tariqa, voyaga yetmagan farzandlarning manfaatlari himoya qilinib, sud qarorining ijrosi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 06:18. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!